Senatorga tuxum otgan yigit Yangi Zelandiyadagi terakt qurbonlari uchun 100 ming dollar ajratdi

Avstraliyalik 17 yoshli Uill Konnolli Yangi Zelandiyaning Krayscherch shahri masjidlaridagi teraktda qurbon bo‘lganlarning oilalariga 100 ming dollar ajratishga qaror qildi. Bu haqda azon.uz xabar bermoqda.

Konnoli avstraliyalik senatorning boshida tuxum chaqqani bilan mashhur bo‘lib ketgan edi. Senator Freyzer Enning Yangi Zelandiyadagi teraktni izohlar ekan, bunda musulmonlarning o‘zini ayblagandi. Konnoli uning gaplariga norozilikni tuxum bilan bildirdi.

O‘sha voqeadan keyin Uill Konnoli qo‘lga olindi. GoFundMe kraudfanding platformasida yigitcha uchun “yuridik xizmatlar haqini to‘lash va ko‘proq tuxum sotib olish maqsadida” pul yig‘ish boshlandi.

Konnoli Instagramdagi sahifasi orqali to‘plangan pullarning barini – 99.922 dollarni Krayscherch qurbonlarining oilalariga berishini ma’lum qildi.