“Seni kuylaymiz, zamondosh” respublika ko‘rik-festivalida samarqandlik aktyor “Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston teatrlarining “Seni kuylaymiz, zamondosh” VI Respublika ko‘rik-festivali o‘tkazildi.

Ko‘rik-festivalda:

Birinchi o‘rin - Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrining “Lola” spektakli;

Ikkinchi o‘rin - Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Olmoqning bermog‘i bor” spektakli;

Uchinchi o‘rin - O‘zbek Milliy akademik drama teatrining “O‘zgalar dardi” spektakli

Festival doirasida bir qator jamoalar va ijrochilar nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar:

🔸 “Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun” nominatsiyasi bilan “Lola” spektakli rejissyori Obid Abdullayev;

🔸 “Eng yaxshi tomoshaviy spektakl” nominatsiyasi bilan Andijon viloyati musiqali drama teatrining “O‘jarlar” spektakli;

🔸 “Dolzarb mavzudagi asar” nominatsiyasi bilan Qo‘qon shahar musiqali drama teatri “Fidoyi” asari muallifi Azimjon Azizov;

🔸 “Soha xodimlarining eng yaxshi talqini uchun” nominatsiyasi bilan O‘zbekiston davlat satira teatrining “Jamoat fikri” spektakli;

🔸 “Eng yaxshi ayol roli ijrosi uchun” nominatsiyasi bilan “Lola” spektaklida Lola roli uchun Muxlisa Toshpo‘latova;

🔸 “Eng yaxshi ssenografiya” nominatsiyasi bilan Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining “Muhabbatim qismatim” spektakli;

🔸 “Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi bilan Samarqand viloyati musiqali drama teatrining “Tazarru” spektaklida Sirojiddin hoji roli ijrochisi Mashrab Bekmurodov;

🔸 “Eng yaxshi epizodik rol uchun” nominatsiyasi bilan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining “Qaltis qadam” spektaklida Hamid oqsoqol roli ijrochisi Davron Qodirov.

Tanlovda qatnashgan asarlarning eng yaxshilari Madaniyat vazirligi tavsiyasiga asosan Xalqaro festivallar va gastrollarga yuboriladi.