Serra-Lionda benzin tashuvchi mashinaning portlashi oqibatida yuzga yaqin kishi halok bo‘ldi
- 07.11.2021 21:40
- 47
- Xorij
Serra-Lion poytaxti Fritaun shahrida yoqilg‘i tashuvchi avtomobilning portlashi oqibatida kamida 92 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi og‘ir yaralandi. Hodisa juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida sodir bo‘lgan.
Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, aholi quyma benzin sotib olish uchun to‘planadigan turar-joy hududidagi gavjum chorrahada benzin tashuvchi mashina yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
To‘qnashuv tufayli «benzovoz»dan oqib chiqayotgan yoqilg‘ini odamlar yig‘ishga shoshilgan. Shu payt portlash sodir bo‘lgan.
Qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Biroq Fritaun meri Ivonn Aki-Soyer qurbonlar soni yuzdan ortiq bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi.
Zarar ko‘lami hali baholanmagan. Portlashning terrorizmga aloqador emasligi aytilmoqda.
Teglar:
yong‘in