Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 101-sessiyasi o‘tkazilmoqda
1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida;
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasiga taqdimnoma kiritish haqida;
3. Viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
4. Viloyatda 2024 yilning I yarim yilligida davlat va mahalliy byudjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi to‘g‘risida viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirzayev Botir Toirovichning hisoboti;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Turdiyev Mamatjon Muqumovichning viloyatda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti;
6. Viloyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ijrosi yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Nazarov Umid Orifovichning hisoboti;
7. Viloyatda energiya resurslarini iqtisod qilishning maqsadli ko‘rsatkichlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
8. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;
9. Turkiya Respublikasi fuqarosi Ali Baklan (Ali Baklan) ga “Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risida;
10. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil II yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
11. Bo‘sh turgan davlat mulki ob’yektini “E-Auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida;
12. Samarqand viloyatida avtomobil yo‘llari, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi, elektr energiyasi ta’minoti, ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;
13. Samarqand viloyatining Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Jomboy, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Payariq, Paxtachi, Samarqand, Qo‘shrabot, Urgut, Toyloq va Nurobod tumanlaridagi samarasiz kichik sanoat zonalarini tugatish to‘g‘risida;
14. 2024–2026 yillarda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Ishtixon tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishga doir “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida.