Shaharlik o‘qituvchilar uchun yarmarka tashkil etildi

Mamlakatimizda Yurtboshimiz tomonidan o‘qituvchilarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik kun sayin ortib bormoqda. Ana shunday xayrli sa’y-harakatlarni davom ettirib, Samarqand viloyat hokimligining tashabbusi bilan Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarida mehnat qilayotgan barcha ustoz-murabbiylar uchun arzonlashtirilgan narxlarda qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etiladi.
Yarmarka joriy yilning 17 noyabr kuni, Samarqand shahri Ko‘ksaroy maydoni Kengashlar uyining orqa tomonida, soat 10:00 dan 17:00 gacha davom etadi.
O‘qituvchilarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur yarmarkada Siz uchun yaratilgan qulay imkoniyatdan unumli foydalanib, arzon narxlardagi oziq-ovqat mahsulotlaridan xarid qilishga taklif etamiz.
Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi.