Dunyoga mashhur bo‘lgan sobiq “ikkichi”lar

Ushbu maqola aqlning yagona ko‘rsatkichi maktabdagi baholar ekanligiga amin bo‘lganlar uchun qiziqarli bo‘ladi. Lemurov.net maktabdagibilimni qadrlamagan buyuk aql egalarining qiziqarli tanlovini taqdim etdi.

Uinston Cherchill

Oiladagi eng katta farzand Uinston o‘qishga qiziqmasligi bois maktabga istar-istamas borardi. Bu bolaning aqli pastligini anglatmasdi, aksincha, ko‘pincha uning qandaydir donishmandona kitoblarni o‘qiyotganini ko‘rish mumkin edi. Lekin u darslarni o‘zlashtirmagan va darslarda qatnashmagan. Uinston Cherchillning fikricha, maktab va talim butunlay ayro narsalar. Garchi maktabni yoqtirmasligi va akademik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan bo‘lsa ham Uinston Cherchil adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Vladimir Mayakovskiy

Odatda bu haqda sukut saqlash odatiy hol edi. Lekin, mashhur rus yozuvchisi Vladimir Mayakovskiy ham maktabda yaxshi o‘qimagan.

Sergey Korolyov

Raketasozlik sohasida mashhur bo‘lgan Sergey Korolyovning nazorati ostida Vostok va Vosxodkosmik raketalari kosmosga uchirildi. Bunga ishonish qiyin, lekin bu daho maktabda faqat 3baholarda o‘qigan.

Isaak Nyuton

Nyuton sinfdagi eng yomon talaba bo‘lganligi juda ajablanarli. Bir kuni u maktabdoshi bilan janjallashib qoladi. Shunda u raqibini aqliy jihatdan g‘alaba qozonishga qaror qiladi. Bu ko‘p vaqt talab qilmadi va tez orada u hammadan yaxshiroq o‘qiy boshladi.

Napoleon Bonapart

1804-1814 va 1815 yillardagi fransuzlar imperatori, zamonaviy Fransiya davlatiga asos solgan sarkarda va davlat arbobi, G‘arb tarixidagi eng ko‘zga ko‘ringan shaxslardan biri maktabda faqatgina matematika fanini o‘zlashtira olgan, xolos.

Lyudvig van Betxoven

Buyuk nemis bastakori Betxoven hayoti davomida 9 ta simfoniya, 32 ta fortepiano sonatasi, 60 ta pianino asari va boshqa ko‘plab asarlarni yaratdi.Lekin u maktabda na til, na matematikani o‘zlashtirdi, otasi kabi u ham yaxshi o‘qimagan edi.

Albert Eynshteyn

Eynshteynning 3 baho bilan o‘qigani bugungi kunda har bir maktab o‘quvchisiga ma’lum. Uning ota-onasi bola hayotda qiynalib yashashi va hech qanday natijalarga erisha olmasligiga ishonardi va qandaydir yo‘llar bilan hech bo‘lmasa oddiygina umrguzaronlik qilishni yo‘lga qo‘yib olishigaumid qilib yashagan.

Aleksandr Pushkin

Liseyda o‘qigan Pushkinning davomati ham, darslarni o‘zlashtirishi ham unchalik yaxshi bo‘lmagan.

Anton Chexov

Bu mashhur yozuvchi maktabda o‘qib yurgan paytlarida ikki marta ikkinchi yilga qoldirilgan.

Richard Brenson

Uyatchan va o‘ziga ishonchi yo‘q Richard doskaga chiqqanida o‘zini qanday tutishni bilmasdi - uikkilanib, duduqlanib qolardi. Bugun bu multimillioner turli profildagi 400 ga yaqin kompaniyalarni o‘z ichiga olgan Virgin Group yirik korporatsiyasini boshqaradi. Shuningdek, moliyaviy magnat biznesni rag‘batlantiruvchi bir nechta kitoblar muallifi hamdir.

***

Ro‘yxat juda ta’sirli va uni davom ettirish mumkin. Garchi ko‘plab ota-onalar uchunfarzandlarining yuqori o‘zlashtiruv ko‘rsatkichlari g‘urur manbai bo‘lib kelsa-da, muvaffaqiyat va yutuqlarning kafolati bo‘lmasligi mumkin ekan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.