Qadimgi davrlarda odamlar foydalangan g‘alati narsalar

O‘tmishda odamlar bugungi jamiyatni hayratga soladigan va hatto xijolatga qoldiradigan narsalardan foydalanganlar. Biroq o‘z davri uchun bunday "g‘alatilik"lar kundalik hayotning bir qismi bo‘lgan edi.

Qabrlar uchun seyf

Viktorian davrida ko‘p joylarda marhum dafn etilgan qabr atrofida metall seyflar” o‘rnatilgan. Marhumning qarindoshlari ushbu konstruksiya orqali uni tibbiy maqsadlarda, xususan, anatomiyani o‘rganish uchun jasad o‘g‘irlovchilaridan himoya qilishga harakat qilishgan.

It tutgich

Aslida bo‘yinbog‘ o‘rnini bosgan bu g‘alati ixtiro 1940 yilda tez-tez tilga olingan. Bunday qurilma zamonaviy hayvonlar huquqlari himoyachilarini  kayfiyatini tushirib qo‘ysa kerak.

Yovuz ruhlardan himoya

XIX asrda ham vampirlar borligiga ishonishda davom etgan odamlar bo‘lgan. Ularning esa “yovuz ruhlar”ga qarshi tura oladigan kundalik chamadoni bo‘lgan. Chamandonda sarimsoq essensiyasi, terak qozig‘i, xoch, shuningdek, muqaddas suv va shunga o‘xshash “qurilmalarni topish mumkin edi.

Burun tuzatuvchi asbob

Ayollar har doim mukammal yuz tuzilishlarga ega bo‘lishni xohlagan, shu sababli 1930 yillarda ayollar burnini tuzatishga yordam beradigan juda g‘alati qurilma paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, o‘sha paytda odamlar jarrohlikka zid bunday muqobillik juda samarali ekanligiga shubha qilmagan.

Oqsoq yubka

Ushbu libos o‘z nomini yubkaning ayollarning yurishiga ta’siri ortidan oldi. U to‘piqlargacha uzun va juda tor bo‘lgani bois ayollar oqsoqlanib yurganga o‘xshardi. Bu kiyimdan faqat 1910-1914 yillarda foydalanilgan, keyin esa bunday yubka noqulay bo‘lganligi tufayli tezda unutilgan.

Sektorli soat

Ko‘pchilik uchun odatiy bo‘lmagan bunday soatlar modasi asosan 1970 yillarda kuzatilgan. Ushbu versiyaning klassik soatlar o‘rtasidagi farqi shunda ediki, unda siferblat o‘rniga faqat sektorlarga bo‘lingan maydon bo‘lardi. Millar oxiriga yetgan zahoti avtomatik ravishda orqaga qaytgan.

Uchar mashina

1940 yilda ixtirochi Jess Dikson ommaga g‘ayrioddiy uchar mashinani taqdim etdi. Ishlab chiqarish jarayonida ko‘proq vertolyot va traktorning gibridiga o‘xshagan bu mashina hech qachon ildiz otmagan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.