Shaharsozlik kengashi har hafta kengashadi

Keyingi kunlarda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan viloyatda qurilish-bunyodkorlik ishlarini qonun talablari asosida olib borish, noqonuniy qurilishlarning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda bundan buyon haftaning seshanba va juma kunlari shaharsozlik kengashining majlisini o‘tkazishga qaror qilindi.

Ushbu tadbirlarda yer ajratish, qurilishga ruxsat berish va boshqa masalalar muhokama etilib, tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatiladi.