Shamollash va "COVID-19"ning alomatlarini qanday farqlash mumkin?

Ushbu savolga CCB huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.

➖ Koronavirus kasalligining yengil va simptomlarsiz kechuvi, boshqa odatiy infeksiyalarning shamollash alomatlariga o‘xshash belgilari kuzatilmoqda. Ya’ni, bemorlardagi tana harorati juda yuqori bo‘lmasligi va bir kundan 3 kungacha ko‘tarilishi mumkin. Ba’zi insonlarda umuman tana harorati kuzatilmasligi ham mumkin.

Bunday holatlarda “COVID-19” bilan kasallangan PSR testi yoki boshqa ekspress-testlar yordamida kasallik organizmingizga tushgani yoki tushmaganini bilish mumkin.

Yengil shamollash alomatlari kuzatilib, tana harorati ko‘tarilmasa, kasallikni boshqa shamollash viruslaridan farqlash uchun yuqorida aytib o‘tilgan testlar yordamida bilish mumkin.

Shamollash alomatlarining birinchi kunidan yashash hududingizdagi oilaviy poliklinika shifokorlariga murojaat etishni tavsiya qilamiz.