Sharifa Davronova – Osiyoning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi!
Yengil atletikaning uch hatlab sakrash yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempioni, "Konya-2021" Islom birdamligi o‘yinlari g‘olibi samarqandlik yengil atletikachi Sharifa Davronova Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi” deb topildi.
Joriy yil Osiyo miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tadigan musobaqalar yakuniga yetdi. Sharifa 2023 yil poytaxtimiz mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida 13.99 metr natija qayd etgan edi. Bu yil davomida nafaqat qit’a, balki jahon miqyosida yoshlar toifasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.