“Sharq taronalari”: Festivalda dastlab nechta davlat vakillari qatnashgan, Gran-pri sovrinini yurtimizdan kimlar olgan?
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri bo‘lib, yildan-yilga qatnashish istagini bildirayotgan davlatlar soni ortib boryapti.
Jumladan, 1997 yildan buyon Samarqandda o‘tkazib kelinayotgan festivalda ilk marta 31 ta davlatdan musiqiy guruh va ijrochilar tashrif buyurgan bo‘lsa, 2019 yilda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan. Shu yil 26-30 avgust kunlari o‘tkaziladigan festivalda esa 80 ga yaqin mamlakatdan 300 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Shu paytga qadar 12 bor o‘tkazilgan festivalda Gran-pri sovrinini qaysi davlat vakillari qo‘lga kiritgan? O‘zbekistonliklar bu sovringa necha marta sazovor bo‘lgan?
1997 yilda Simara Imanova – Ozarbayjon
1999 yilda Nasiba Sattorova – O‘zbekiston
2001 yilda Gran-pri sovrini berilmagan
2003 yilda “Uranhay” ansambli – Rossiya (Tuva Respublikasi)
2005 yilda Gran-pri sovrini berilmagan
2007 yilda “Quvayt” musiqa guruhi – Quvayt
2009 yilda Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lale Begnazarova - Turkmaniston
2011 yilda "Lider" musiqiy guruhi – Rossiya
2013 yilda Rashmiya Agarval –Hindiston
2015 yilda "Jiangsu" ayollar orkestri – Xitoy
2017 yilda Sohib Poshshazoda – Ozarbayjon
2019 yilda Mehrinigor Abdurashidova – O‘zbekiston
Eslatib o‘tamiz: Gran-pri sovrinining mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollari.