“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida YuNESKO bosh direktori ishtiroki kutilmoqda
- 15.07.2019 13:48
- 155
- Madaniyat
Shu yilning 26-30 avgust kunlari Samarqandda “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yilgi festivalda 76 davlatdan 315 nafar ishtirokchi qatnashish istagini bildirgan. Shuningdek, 13 davlatdan 20 nafardan ortiq OAV xodimlari va jurnalistlar keladi.
Festival doirasida 25 avgust kuni “Sharq xalqlari an’anaviy musiqa san’atining rivojlanish istiqbollari” mavzusida (Yoshlar markazida) hamda 26 avgust kuni YuNESKO bilan hamkorlikda “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida (Forumlar majmuasida) xalqaro konferensiyalar o‘tkaziladi.
Bu yilgi festival va konferensiyada YuNESKO bosh direktori Odre Azule xonim ishtirok etishi kutilmoqda.