Sharq va g‘arb: e’tiborga molik tafovutlar

Sharq dunyosi deyilganda Osiyo va O‘rta Sharqda joylashgan mamlakatlar, G‘arb dunyosi bo‘yicha gap ketganda esa Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlari nazarda tutiladi. Sharq va G‘arb o‘rtasida ta’lim, ish, oilaviy va ijtimoiy munosabatlarda osmon bilan yercha farq mavjud bo‘lib, quyidagi maqolada shu singari tafovutlar asoslab berilgan.

Jamiyat tuzilishi. (Ko‘k rang — G‘arb; Qizil rang — Sharq)

Sharq va G‘arbning madaniyatlararo tafovutlari asosan odamlarning xulq-atvori va o‘zini tutishida namoyon bo‘lib, quyidagi ikki tushuncha atrofida birlashadi: individualizm va kollektivizm. Birinchi atama shaxsning mustaqilligini va yuksalishini nazarda tutsa, kollektivizmda shaxslar biror ijtimoiy guruh doirasidan ajralib chiqib, yakka o‘zi harakat qila olmaydi. G‘arbda individual, Sharqda esa kollektiv madaniyat hukmrondir. Bu jamiyatda, ish joyida, oilada va munosabatlarda o‘z aksini topgan.

O‘z shaxsiy fikrini ifodalash (Ko‘k rang — G‘arb; Qizil rang — Sharq)

G‘arbda o‘zini ustida ishlab, takomillashgan shaxsning qo‘lga kiritgan yutuqlari jamoanikidan ustun turadi, yetuk kadr o‘zining erishgan muvaffaqiyatlari haqida tinmay gapirishi mumkin, bu esa Sharqda maqtanchoqlik va xudbinlik sanaladi. Mazkur tafovutni quyidagi ikki xil madaniyat xalqlarining maqollaridan bilib olish ham mumkin: 

AQSh maqoli: « Chiyillayotgan shinaga hamma qaraydi», ya’ni ko‘pincha baland ovozdagi xitoblar e’tibor tortadi. 

Yapon maqoli: «Me’yordan o‘sib ketgan tirnoq tezda olib tashlanishi zarur», ya’ni agar kimdir mustaqillik isyoni qilmoqchi bo‘lsa, jazo muqarrar.

Munosabatlar (Ko‘k rang — G‘arb; Qizil rang — Sharq)

Sharqda oila va jamoat yakka shaxsdan ustuvor hisoblanadi, o‘ziga ishonchi so‘ngan muvaffaqiyatli inson ham qobiliyatlarini boricha namoyish etmay, o‘zini ajratib ko‘rsatishga intilmay qo‘yadi. Buni kamtarlikka yo‘yish mumkindir, lekin bitta odamning mehnati boshqalar uchun qurol bo‘lmasligi kerak.

O‘zi haqida qayg‘urish (Ko‘k rang — G‘arb; Qizil rang — Sharq)

Oila masalasiga kelsak, sharqona madaniyatda bu tushuncha yuksak ehtiromga ega, farzandlarning voyaga yetgach, uyni tashlab ketib mustaqil hayot qurish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bu xatti-harakat ayniqsa keksalar tomonidan qattiq tanqidga uchraydi, axir ularga qaraydigan, issiq-sovug‘idan boxabar bo‘lib turadigan odam kerakku. G‘arbda bu masalaga oilaviy majburiyat sifatida qaralmaydi, ota-onalar va oilaning boshqa keksa a’zolari yoshlarni uyda qamab qo‘yishga ehtiyoj sezmaydi.

Farzand tarbiyasi (Ko‘k rang — G‘arb; Qizil rang — Sharq)

G‘arbda sevgi-muhabbat tuyg‘usiga ancha jiddiy qaraladi, odamlar yillab o‘zlariga har tomonlama mos keluvchi mukammal juft qidiradi, chunki dunyoda o‘z taqdirini bog‘lay oladigan ikkinchi shaxs ham u kabi teng salohiyatga, o‘xshash qiziqishlar va mashg‘ulotlarga ega bo‘lishi juft tanlashda asosiy omil sanaladi. Sharqda esa buning tamolila aksi: oilaga yaqin tanishlar va do‘stlar orqali topilgan yoki tavsiya etilgan odamlar bilan oilaviy munosabatlar o‘rnatiladi va ikki shaxsga mazkur «kelishuv asosidagi» munosabat, agar barchasi jar yoqasiga kelib qolsa ham, umrining oxirigacha davom ettirilishi majburiyati yuklanadi. Kelinlik yoki kuyovlikka nomzod albatta oila a’zolariga ham yoqishi, ular qo‘ygan talablarga javob berishi zarur.

Rahbarning maqomi (Ko‘k rang — G‘arb; Qizil rang — Sharq)

G‘arbda bor diqqat-e’tibor shaxsiy yutuq va mavjud qobiliyatlarni yuzaga chiqarishga qaratiladi. Talabalardan faqat o‘zi haqida qayg‘urishi, qunt bilan o‘qishi, darslarda o‘qituvchini o‘ylantirib qo‘yuvchi savollar berishi va eng muhimi tanlagan sohasiga qiziqishi rag‘batlantiriladi. Tahsil oluvchilar faqat o‘qilayotgan ma’ruzani hazm qiluvchilar emas, balki uni yangi ma’lumotlar va tadqiqotlar bilan yanada boyitishiga imkon yaratilgan. Vaholanki, Sharqda har bir talaba teng darajadagi akademik yutuqlarga erishishi va zimmasiga yuklatilgan qiyin topshiriqlarni bajarishiga urg‘u beriladi. Tartib-intizom barcha ta’lim muassasalarida birinchi o‘rindan turadi, darsni o‘zlashtira olmagan o‘quvchi emas, balki belgilangan qoiodalarga rioya qilmagan o‘quvchi ogohlantirishu dashnomlar nishoniga aylantiriladi.

Muammo qarshisida (Ko‘k rang — G‘arb; Qizil rang — Sharq)

 Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, dunyoning har burchagida har xil madaniyat va taomillar hukmronlik qiladi va odamlarning fikrlash qobiliyati, ijtimoiy hayotga faol aralashuvi va yorqin kareraga erishishi ko‘p jihatdan u voyaga yetgan va tarbiyalangan muhit ta’siri o‘laroq shakllanadi.

Navbatda turish (Ko‘k rang — G‘arb; Qizil rang — Sharq)

 

Rasmlar muallifi Germaniyada yashovchi xitoylik jurnalist Yang Liu.

#YoshIste’dod uchun Sojida tayyorladi