Shartli favqulodda vaziyatlarning oldi olindi

Tadbirda Samarqand viloyati hokimligi, favqulodda vaziyatlar, yong‘in xavfsizligi, sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar jarayonida aholi xonadonlarida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan zaharlanish holatlarini bartaraf etish hamda jabrlanganlarni qutqarish ishlari, gaz taqsimlash maskanida gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holat, yuqori kuchlanishli nimstansiyalarda elektr energiyasi uzilishi bilan bog‘liq avariya, tabiiy gaz quvurlaridagi nosozlik oqibatida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi. Shuningdek, tabiiy va sifatsiz konserva mahsulotlaridan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

– Bu kabi o‘quv-mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad - kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish va yuz berishi mumkin bo‘lgan texnogen va tabiiy ofatlarning oldini olish, – deydi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i G‘.Ravshanov. – Bugungi mashg‘ulotda tashkilot va muassasalarning mavsumga tayyorgarligi, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularni tezlik bilan bartaraf qilish ko‘nikmasi sinovdan o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimining  o‘rinbosari A.Shukurov ishtirok etdi.

Baxtiyor MUSTANOV.