Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Jambil viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayevga hamdardlik bildirdi.  Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qordoy tumanida avtobus ag‘darilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 8 nafari Qozog‘iston, 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi edi.