Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentiga ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Qozog‘istonning Olmaota shahridan poytaxt Nur-Sultonga yo‘l olgan samolyot halokatga uchragani haqida xabar bergan edik.