Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shavkat Mirziyoyev Samarqandning buyuk farzandlarini yodga oldi

Samarqand milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgan, qadimiy poytaxt maqomiga ega bo‘lgan yirik tarixiy va madaniy markazlarimizdan biri. Bu ko‘hna va betakror shahar O‘zbekiston tarixida, bugungi ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda alohida o‘rin tutadi.

Jahon ilm-fanida “G‘arbda – Rim, Sharqda – Samarqand” degan ibora bejiz paydo bo‘lmagan.

Ayniqsa, buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz davrida Samarqandning shuhrati butun dunyoga taraldi.

Samarqand zaminida o‘nlab, yuzlab buyuk ajdodlarimiz – mashhur sarkarda va davlat arboblari, alloma va mutafakkir zotlarning qadamjolari mavjud.

Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning qabri, ziyoratgohi ham shu yerda.

Samarqandning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotimizdagi o‘rni va maqomi, ayniqsa, keyingi yillarda o‘sib bormoqda.

Qadimiy poytaxtimiz yirik xalqaro sammitlar, taniqli siyosat, ilm-fan, madaniyat va din arboblari ishtirokidagi ko‘plab ilmiy-madaniy anjumanlarga mezbonlik qilmoqda.