Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
- 15.05.2020 16:10
- 131
- Dolzarb
– Ta’mirlanadigan uylar ham, yangi quriladiganlari ham davlat tomonidan bepul qurib-ta’mirlab beriladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar topshirilmoqda.
Vatandoshimiz Alisher Usmonov ajratgan 10 million dollar xayriya mablag‘i ham shunga yo‘naltirilgan. Sirdaryo viloyatiga ko‘mak uchun hokimliklar, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda tadbirkorlar ham yordam ko‘rsatgan.
Uchrashuvda qatnashgan sardobaliklarga tegishli sertifikat va bank kartochkalari tarqatildi.