Shaxmat vatani O‘zbekistonmi yoki Hindiston?

Bu fakt ilmiy tadqiqotlar, tarixchi olimlar tomonidan o‘rganib chiqilgan izlanishlar natijasi ekanligini, FIDE bu borada Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga rasmiy xat tayyorlayotganligi va yaqin orada O‘zbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinishini aytib o‘tgan.

Xo‘sh, janob Kirsan Ilyumjinov nimaga ishora qildi?

Bugungi kunda butun dunyoda shaxmat vatani Hindiston, deb e’tirof etiladi. Bu ma’lumotni qator internet saytlari ham tasdiqlaydi. Bu manbalarda shaxmat VI asrda Hindistonda paydo bo‘lganligi qayd etilgan.

Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy ham o‘zining mashhur “Hindiston” kitobida shaxmatning vatanini Hindiston degan. Shaxmatning “chaturangga” (4 kishi ishtirokida stolda o‘ynaydigan qadimgi o‘yin) deb nomlangan shakli shaxmatning dastlabki turlaridan biri hisoblanadi. U Hindistonda V asrda paydo bo‘lgan. Arab xalifaligi davrida bu o‘yin turi 2 raqibning shatranj o‘yiniga aylangan.

Lekin 1972 yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)dan  I-II asrga oid, 1977 yilda Afrosiyob (Samarqand)dan VII-VIII asrga oid shaxmat donalari (suratlarda) topilgan. Lekin Dalvarzintepadan I-II asrga oid shaxmat donalari topilganligi tegishli hodimlar, ijodiy guruhlar tomonidan yetarli darajada yoritilmagan, hujjatlarda va ba’zi bir manbalardagina qolib ketgan.

Xullas, FIDE rahbari Surxondaryo hududidan topilgan I-II asrga oid shaxmat donalarini inobatga olib shaxmatning vatani O‘zbekiston deb aytganmi yoki boshqa biror faktga asoslanganmi, bundan yaqin kunlarda xabardor bo‘lsak ajabmas.

Bektemir SATTAROV,

Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi bosh mutaxassisi.