Shaxsiy yozishmalarni tarqatish bilan qo‘rqitib 28 ming dollar talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatining Uzun tamanida tug‘ilgan, hozir esa Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashovchi 22 yoshli fuqaro ayol kishini rasmini qo‘yib, g‘arazli niyatda, internetda sahifa ochadi.

So‘ngra Toyloq tumanida tug‘ilgan, hozirda esa AQShda yashab kelayotgan fuqaro bilan tanishadi. Ular avvalo do‘stona, keyinchalik ishqiy munosabatlarda suhbatlarni davom ettirishgan.

Ko‘p o‘tmay, ushbu shaxs suhbatdoshidan tovlamachilik yo‘li orqali katta miqdordagi mablag‘ni talab qilishni boshlaydi. Dastavval Toshkent viloyati, Chirchiq banki orqali 400, keyin esa 200 dollarni oladi.

Keyin esa shaxsiy yozishmalar va oilaviy rasmlarini tarqatish bilan qo‘rqitib toyloqlik fuqarodan tovlamachilik yo‘li bilan yana 28 ming dollar talab qila boshlaydi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida tovlamachining shaxsi va yashash manzili aniqlangan.

Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida tovlamachi qo‘lga olinadi.

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.