Shensida 238,7 million dollarlik 19 ta hujjat imzolandi

Tashrif davomida Xitoy Xalq Respublikasidan investorlarni viloyatimizga jalb qilish va yirik loyihalarni amalga oshirish orqali ish o‘rinlari yaratish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi bilan birgalikda uchrashuv va muzokaralar olib borildi, deya ma’lum qildi Viloyat hokimligi axborot xizmati.
– Tadbirlar davomida shensilik tadbirkorlar bilan qiymati 238,7 million dollarga teng bo‘lgan 19 ta hujjat imzolandi, – deydi viloyat hokimining o‘rinbosari O.Boboyev. – Xususan, loyiha qiymati 215,6 million dollarlik, shundan 186,2 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etadigan 10 ta shartnoma tuzildi. Bundan tashqari, 10,8 million dollarlik zamonaviy asbob-uskunalarni sotib olish maqsadida 6 ta shartnoma imzolandi.