Shifokorlarga Alloh taoloning o‘zi ajru-mukofotlar bersin!
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro andazalar asosida rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda, bugungi kunda butun dunyoni larzaga solib turgan koronavirus (SOVID-19) infeksiyasi bizning yurtimizni ham chetlab o‘tmadi.
Mana shunday qaltis vaziyatda o‘z sog‘ligini keyinga surib, insonlar solomatligini birinchi o‘ringa qo‘ygan va bu yo‘lda bor bilimi va salohiyati bilan xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarining xizmatlari tahsinga sazovor.
Joylarda barcha mutasaddi tashkilotlar qatori imom-xatiblarimiz ham tibbiyot xodimlarining bu samarali xizmatlarini qadrlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joylardagi shifoxonalarga bormoqda.
Jumladan, Bulung‘ur, Narpay, Samarqand va Ishtixon tumani bosh imom-xatiblari tuman markaziy shifoxonalarida hamshira va shifokorlar bilan uchrashib, ular bilan dildan suhbat qurgan holda haqlariga duolar qilmoqda. Shuningdek, ular yuz niqoblarini tibbiyot hadya qildilar. Qolversa, viloyatdagi barcha imom-xatiblar mana shunday ulug‘ kasb egalari bilan uchrashib, ularga o‘z hadyalarini taqdim qilmoqda. Inson sog‘ligi yo‘lida chin dildan xizmat qilayotgan bu savobli kasb egalarining qilayotgan xizmatlariga Alloh taoloning o‘zi ajru-mukofotlar bersin!
Undan tashqari Kattaqo‘rg‘on tumani bosh imom-xatibi tashabbusi bilan “Uyda o‘tirib, kitob o‘qing” aksiyasi e’lon qilinib, diniy-ma’rifiy kitoblar tarqatilmoqda.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi axborot xizmati.