Shikastlangan yozuv taxtasi o‘rnida yangisi o‘rnatildi
Shu yil 31 may kuni telegram kanalimizda "Antiqa topishmoq: Shu ko‘chaning to‘liq nomini toping" nomli tanqidiy surat-lavha e’lon qilingan edi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu holat hokimlik nazoratida bartaraf etilgan.
"Haqiqatan ham Samarqand shahridagi Abdurahmon Jomiy ko‘chasidagi ko‘cha nomi aks etgan maxsus yozuv taxtasi shikastlanib, yaroqsiz holga kelgan. Yozuv taxtasi mas’ullar tomonidan olib tashlandi va yangisi o‘rnatildi".
Javob xatida so‘ngida hokimlik hamshaharlar va Samarqand shahri mehmonlaridan shu va shunga o‘xshash yozuv taxtalariga qandaydir sabablarga ko‘ra shikast yetkazmasliklarini so‘ragan.