Shu haftada koronavirusga chalinganlarning 5 nafari Kattaqo‘rg‘on tumanidan
Ma’lumki, sog‘liqni saqlash vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan aholining Sovid-19 bilan kasallangan va aksincha, tuzalganlar haqida xabardor qilish maqsadida vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari orqali muntazam ma’lumotlar berib borilmoqda.
Bu esa aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni olib borish hamda tibbiy madaniyatni oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Ana shunday ma’lumotlarning navbatdagisi joriy yilning 24 iyun sanasida Respublikamiz bo‘ylab koronavirusdan kasallangan va sog‘aygan fuqarolar hududlar kesimida yoritildi.
Jadval ko‘rinishidagi mazkur ma’lumotda Samarqand viloyatida koronavirus bilan kasallangan fuqarolar soni 414 nafardan 428 nafarga oshganligi ma’lum qilindi. Xabarda keltirilgan ma’lumotga qo‘shimcha qilib aytish joizki, keyingi hafta (18-22 iyun kunlari) mobaynida viloyatimizda 14 ta holatda kasallanish aniqlandi. Hududlar kesimida aytadigan bo‘lsak, koronavirusga chalinganlarning 5 nafari Kattaqo‘rg‘on tumani, Samarqand, Toyloq, Narpay tumanlaridan esa 2 nafardan hamda 3 nafar fuqaro Samarqand shahridandir.
Achinarlisi, olib borilayotgan profilaktik tadbirlar hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkil etilgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga qaramay, hanuzgacha aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasini yuqtirayotgan fuqarolar aniqlanmoqda. Bu esa olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmaganimizni ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy masofani saqlash, jamoat joylarida to‘planmaslik, qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish, qo‘lni ko‘krakka qo‘yib salomlashish, uydan ko‘chaga chiqqach doimiy ravishda tibbiy niqob taqish kabi oddiy qoidalarga qat’iy amal qilishimiz kerakligini anglatadi. Aks holda, karantin qoidalariga rioya etmaslik juda jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lishi muminligini unutmaylik.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.