Shvetsiya 6 oy davomida Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qiladi

Chexiya Shvetsiyaga Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik vakolatlarini topshirdi. Stokgolm xavfsizlikni mustahkamlash, xususan, Kiyevga harbiy va iqtisodiy yordamni davom ettirish, shuningdek, Ukrainaning Yevropa integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan birinchisi deb biladi.

Raqobatni himoya qilish, ekologiya va energiya almashinuvi muammolari, shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlash va demokratik qadriyatlarni ilgari surish boshqa muhim mavzular sifatida e’lon qilindi. Rotatsiya qoidalariga ko‘ra, Shvetsiya Yevropa Ittifoqi kengashiga olti oy raislik qiladi. 1 iyuldan bu vakolatlar Ispaniyaga o‘tadi.