Shvetsiyadagi ijara uyda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

O‘zbekistonning Berlin shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Shvetsiyaning Stokgolm shahrida joriy yilning 21 iyun kuni 10.09.1983 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Akmalxon Cho‘liyev ijaraga olingan kvartirada vafot etgan. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Elchixona Shvetsiya politsiyasiga mazkur holat bo‘yicha ma’lumot taqdim etishni so‘rab, rasmiy talabnoma jo‘natgan va marhum jasadini vatanga keltirish masalasi yuzasidan o‘zbek diasporasi vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Shlezvig-Holshtayn, Turingiya), Shvetsiya, Shveysariya va Chexiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Berlin shahridagi Elchixonasi bilan +49-30-39-40-98-55, +49-30-39-40-98-30 telefon raqamlari orqali bog‘lanishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.