Sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorlikda “Mirbozor bozori” MChJ hududida o‘tkazgan tezkor tadbirda aniqlandi.
Tadbir davomida bozor hududidagi “M.A.” xususiy korxonasiga tegishli savdo do‘koni sotuvchisi Ya.Sh. kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan turli nomdagi umumiy bahosi 81,4 mln so‘mlik 2054 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.