Samarqand shahridagi savdo do‘konida 11 ming dona qalbaki aroq saqlanayotgani aniqlandi
Holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahridagi “Bog‘imaydon” mahallasida yashovchi “X.-sam” oilaviy korxonasi rahbarining savdo do‘koni ko‘zdan kechirilganda aniqlangan.
Ushbu savdo do‘konida qiymati 351 million so‘mlik jami 11 054 dona aksiz markasiz hamda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini noqonuniy ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur do‘kon rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.