Sifatsiz mahsulot sotganga jazo bor
Muammo o‘rganilganda, do‘konda sotilayotgan uch turdagi mahsulotning muddati o‘tganligi aniqlandi va tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassislari tomonidan dalolatnoma tuzilib, mahsulotlar laboratoriyaga jo‘natildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Gulchehra BERDIYoROVA.
***
Iste’molchilar huquqi tiklandi
Sartepo maskanida yashovchi X.Sharipova Samarqand shahridagi “Bahor”savdo majmuasidan qo‘l telefoni sotib oladi. Uning nosozligini payqagach, «Ishonch telefoni»ga qo‘ng‘iroq qildi. Iste’molchining talablari qondirilib, sotuvchi tomonidan mahsulot uchun sarflangan 600 ming so‘m egasiga qaytarildi.
***
Samarqand tumani, Bo‘zi qishlog‘ida istiqomat qiluvchi E.Qaytarov sotib olgan “CENDI” rusumli avtomat kir yuvish mashinasi kafolat muddati tugamasdan buzildi. Murojaat o‘rganildi va kir yuvish mashinasi bepul ta’mirlab berildi.