Sirdaryodagi toshqin ostida qolgan hududlardan chorva mollari qutqarildi

Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv omborining devori o‘pirilishi oqibatida suv ostida qolgan hududlardan chorva mollari ham qutqarilmoqda. Telegram’dagi «Insider.uz» kanali ana shu jarayonlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Suratlarda Milliy gvardiya xodimlarining chorva mollarini suv bosgan hovlilardan va maydonlardan olib chiqayotganini hamda ularni xavfsiz joylarga haydab ketayotganini ko‘rish mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sirdaryodagi toshqin oqibatida kamida 70 ta uy hayvoni nobud bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda suv toshqinidan uyning tomiga chiqib olgan sigirning ham videosi tarqaldi.