Sirli sindromli kishilar
Turli yo‘nalishdagi mutaxassislar bir necha ming yillar davomida murakkab inson tanasi sirlarini ochishga harakat qilib kelmoqda, qiziquvchan inson ongi tibbiyot va unga tegishli fanlarda muvaffaqiyatlarga erishayogan bo‘lsa-da, ichki dunyomiz hali ham eng tajribali shifokorlarni hayratda qoldirishda davom etib keladi.
AdMe.ru tashxislari psixologik triller uchun asos bo‘la olishi mumkin bo‘lgan g‘alati kasalliklarga chalingan odamlarni topdi.
“Dissotsiativ fuga”
Sirli dissosiativ fuga sindromi odamning to‘satdan notanish joyga ko‘chib o‘tishi va o‘tgan hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsani unutishida namoyon bo‘ladi. “Kasal” o‘z odatlari, xatti-harakatlari, ishi va hatto ismini tubdan o‘zgartirib, yangi joyda noldan hayot kechira boshlaydi.
“Myunxgauzen” sindromi
Myunxgauzen sindromi bilan og‘rigan odamlar o‘zlarida faqat bitta paradoksal maqsad - imkon qadar tezroq davolanish va hatto jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazish uchun sun’iy ravishda turli kasalliklar alomatlarini qo‘zg‘atadilar.
Rasmdagi AQShda istiqomat qiladigan Blanchardlar oilasida sodir bo‘lgan voqea buning yorqin misolidir. Yosh qizning onasi turli dori vositalari yordamida qizida sun’iy ravishda xavfli kasalliklar alomatlarini keltirib chiqarishga ishqiboz bo‘lib kelgan. Bundan tashqari, haddan tashqari “g‘amxo‘rlik qurboni” Jipsi Blanchard butun umri davomida ko‘zoynak taqishga, naycha orqali ovqatlanishga va butunlay sog‘lom bo‘la turib, faqat nogironlar aravachasida harakatlanishga majbur bo‘lgan. Blanchardlar oilasining qissasi Qo‘shma Shtatlarda shu qadar katta taassurot qoldirdiki, u asosida mashhur “Mug‘ombirlik” teleseriali suratga olindi.
“Uyqu sohibjamoli” sindromi
Kleyne-Levin sindromi yoki uyqu sohibjamoli sindromi asosan o‘smirlarda uchraydi: statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘pincha 13-19 yoshdagi o‘spirinlar bir necha kun yoki hatto haftalar davomida uzoq muddatli uyquga ketishadi. Kasallik davomida uxlab yotgan yigit va qizlarni uyg‘otishnnig iloji yo‘q. Bemorlar nima bo‘layotganini tushuna olmaydi, ba’zan ular hatto qayerda ekanini ham unutib qo‘yishadi.
19 yoshli amerikalik talaba Jeyn Batler Kleyne-Levin sindromi kasalligiga yo‘liqdi. U har 3-6 oyda bir necha kunlik uyquga ketadi. Xuruj paytida qiz real voqelik bilan aloqani yo‘qotadi, u nafaqat universitetga borishga, balki o‘zini o‘zi uddalashga ham qodir emas. Jeynning ota-onasi qizi faqat kasal bo‘lmagan vaqtlarda normal hayot kechira olishidan mamnun.
“Mebius sindromi”
Asosan yuz nervlari ta’sirlangan juda kam uchraydigan tug‘ma kasallikdan aziyat chekadiganlar hech qanday tarzda o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etmaydi: ular tabassum qilmaydi, yig‘lay olmaydi, hatto ko‘z qisib qo‘ya olmaydi. Ushbu kasallikning sabablari hali ham aniq emas va bu patologiyaga yordam beradigan yagona vosita faqat jarrohlik aralashuvidir.
Mobius sindromidan aziyat chekadigan dunyodagi eng mashhur juftlik - britaniyalik Aleks Barker va amerikalik Erin Smit (rasmga qarang). Bir xil kasallik bilan tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, bu g‘ayrioddiy oila mutlaqo normal hayot kechiradi va ular kelajak uchun katta rejalar tuzadi.
«Bijg‘ib qoladigan ichaklar» sindromi
Oshqozon va ichaklarning noto‘g‘ri ishlashi oqibatida yuzaga keladigan g‘alati sindrom odamni har ovqatlanishdan keyin tom ma’noda mast qiladi. Gap shundaki, tana shakarni uglevodlarga aylantirish o‘rniga xamirturush ozuqasiga aylantiradi.
Politsiya tomonidan mast holda mashina haydaganlikda gumon qilinib hibsga olingan 40 yoshli amerikalik Denni Jannoto uzoq vaqt davomida o‘zining bunday xususiyati borligi haqida bilmagan. Erkak spirtli ichimliklar ichmaganini aytgan bo‘lsa-da, uning qonidagi etanol miqdori barcha maqbul chegaralardan 2,5 baravar yuqori edi. Bir necha tekshiruvlardan so‘ng, Denni haqiqatni gapirayotgani ma’lum bo‘ldi: uning tanasi ovqatni... shunchaki alkogolga aylantirar ekan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.