Slovakiya uchadigan avtomobilni sinovdan o‘tkazdi
Ko‘pchilik avtohavaskorlar o‘z mashinalarining qushdek uchishini orzu qiladi. Ularning bu orzulari hademay amalga oshsa, ajabmas.
Slovakiyaning “lein Vision” kompaniyasi “Aircar” uchuvchi avtomobillar ishlab chiqarishga qaror qildi va birinchi sinovni o‘tkazdi. Avtomobilning yer varianti to‘rt g‘ildirakli ikki o‘rinli ko‘rinishda. Uchishdan oldin aerokarning dum qismi 60 santimetrga uzayadi. Dum qismidagi dvigatel ikki parrakli vint yordamida uchishni ta’minlaydi.
Uchuvchi avtomobil 200 kilogramgacha yuk va yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan. Aerokar tezlikni soatiga 300 kilometrgach oshira oladi. Sinovda uchar avtomobil 7 daqiqa davomida 305 metr balandlikda benuqson uchdi.
«Mir novostey» (2020 yil, 45-son) asosida T.ShOMURODOV tayyorladi.