Slovakiyalik professor Samarqandda ShHT sammitiga tayyorgarlik yuzasidan maqola e’lon qildi

Slovakiyaning «Slovo» onlayn nashri sahifasida Avliyo Kirill va Medofiya universiteti professori Piter Yuza qalamiga mansub «Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik - Samarqand-2022» sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Unda Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) paydo bo‘lishi tarixi, a’zo mamlakatlar haqidagi va boshqa muhim ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan.

Muallifning qayd etishicha, ShHTga raislik qilayotgan O‘zbekiston Markaziy Osiyoning tarixiy markazi – Samarqandda davlat rahbarlarining sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan sammitiga faol tayyorgarlik ko‘ryapti. Uning fikricha, iyul oyi oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari sammiti bu yo‘ldagi muhim bosqich bo‘ldi.

Muallif ShHT Bosh kotibi Chjan Minning «ShHT ruhini ommalashtirgani» uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norovga katta tayyorgarlik ishlari uchun minnatdorlik bildirgan nutqidan parcha keltiradi.

Maqolada qayd etilishicha, iyul oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ShHT tashqi ishlar vazirlari o‘z davlatlari rahbarlariga Belarusning kuzatuvchi maqomidagi mamlakatdan Shanxay hamkorlik tashkilotining to‘laqonli a’zoligiga o‘tishini ko‘rib chiqish masalasida o‘z davlatlari rahbarlariga tavsiya etishga kelishib oldi.

Muallifning yozishicha, oldinda turgan Samarqand sammiti jahon siyosatida muhim voqea bo‘ladi, shuningdek, ShHT makonining geosiyosiy chegaralarini kengaytiradi hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarbliklarning hal etilishida belgilovchi ahamiyatga ega omil sifatida xizmat qiladi.