Sloveniya hukumati mamlakatda COVID-19 epidemiyasi tugaganligini e’lon qildi
- 15.05.2020 22:00
- 127
- Xorij
Sloveniya hukumati 14 may kuni onlayn o‘tkazilgan yig‘ilishda infeksiya tarqalish ko‘rsatkichlari yetarli darajada pasayganini hisobga olib, mamlakatda koronavirus epidemiyasi tugaganligi haqida qaror qabul qildi. Bu haqda 15 may kuni mamlakat Vazirlar kengashi xabar berdi.
“Payshanba kuni masofadan turib o‘tkazilgan yig‘ilishda SARS-CoV-2 (COVID-19) infeksiyasi epidemiyasi tugaganligi haqida qaror qabul qilindi. Jamiyat salomatligi milliy instituti (NIJZ) koronavirus tarqalishi xalq orasida sezilarli darajada pasayganini aniqladi”, deya ma’lum qildi hukumat vakili.
NIJZ taqdim etgan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda kasallik qayd etilgan kundan boshlab 66 mingdan ortiq test tahlili o‘tkazilgan. Jami 1465 nafar kasallanish holati qayd etilgan va 103 nafar bemor vafot etgan. So‘nggi kecha-kunduzda atigi bir nafar kasallanish holati qayd etilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 1 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand