Sofiya Brik, Fransiya: Fransuzlar Samarqandni ko‘rishni xohlaydi

– O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati juda istiqbolli va samarali ko‘rinmoqda. Fransiyalik sayyohlarning ko‘pchiligi O‘zbekistonga qiziqish bildirmoqda. Ular Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarni ko‘rishni xohlaydi.

Men Lion shahrining kommunalaridan biri vakiliman. Ma’lumki, Lion va Samarqand shahlarlari o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatilgan. Lion tarixan fransuz ipakchilik sanoatining markazi hisoblanadi. Samarqand G‘arb va Sharq sivilizatsiyalarini bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan eng muhim shahardir. Biz shaharlarimiz o‘rtasida Lion va Samarqand aholisi manfaati uchun turli sohalarda, jumladan, madaniyat, sayyohlik almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish tarafdorimiz.

Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasida «Business France» agentligi, «Dualest» kompaniyasi va AFOR assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlagan taqdimotdan