Sog‘liqni saqlash vazirligi: yosh o‘g‘il-qizlar orasida o‘tkir respirator kasalliklarning oshishi kuzatilmoqda
SSV xabariga ko‘ra, kecha vazir ishtirokida ayni mavzu yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib, Toshkent shahridagi shifoxonalarda bemorlar soni oshishi munosabati bilan chora tadbirlar belgilab olingan.
Shu bilan birga boshqa hududlar, xususan, Samarqandda ham shifoxonaga murojaatlar soni oshayotgani aytilmoqda. Bu bo‘yicha aniq vaziyat va qilinayotgan ishlar bo‘yicha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidan munosabat kutib qolamiz.