Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim
Ayni kunlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining shu shior ostida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning Ishtixon tumani bosqichida dastlab “Kasaba uyushmasi kubogi” bahslari o‘tkazildi. Unda sektor bosqichida g‘olib bo‘lgan umumta’lim maktab jamoalari qatnashdi. Sport musobaqalarining voleybol turi bo‘yicha tumandagi 66-umumta’lim maktabi jamoasi, mini futbol bo‘yicha 19-umumta’lim maktabi jamoasi, stol tennisi bo‘yicha ayollar o‘rtasida 38-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Sitora Primova, erkaklar o‘rtasida 89-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Farrux Rasulov g‘olib bo‘ldi.
Shuningdek, shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida 66-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Nigora Boboyorova, erkaklar o‘rtasida 15-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Ruslan Yaxshiqulov, shashka bo‘yicha ayollar o‘rtasida 31-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Feruza Meyliyeva, erkaklar o‘rtasida 2-IDUM o‘qituvchisi Quvvat Otaboyev faxrli 1-o‘rinni egallab, sport musobaqasining viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida faxrli o‘rinni egallagan o‘qituvchi-sportchilar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tuman bo‘linmasi kengashining qimmatbaho sovg‘alari va diplomlari bilan taqdirlandi.
Shahriddin UMIROV.