Soliq boshqarmasi boshlig‘i bulung‘urliklarning murojaatini tingladi

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Alovitdin Inog‘amov Bulung‘ur tumanining Qo‘ng‘irot mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda tumandagi mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari qatnashdi. Sayyor qabulda 17 nafar fuqarodan 24 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yo‘lni ta’mirlash, gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazish, eskirgan elektr simyog‘ochlarni almashtirish, qo‘shimcha transformator o‘rnatish va boshqa masalalar yuzasidan bo‘ldi.

Sayyor qabulda A.Inog‘amov fuqarolarning murojaatlari imkon qadar ijobiy hal qilinishi va ularga o‘z vaqtida javob qaytarishga mas’uliyat bilan yondashish zarurligini qayd etdi. Viloyat 4-sektori rahbari 54-umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi. Shuningdek, “temir daftar”ga kiritilgan 55 ta oila va 45 nafar ishsiz yoshlarga qurib berilayotgan issiqxonalar bilan tanishdi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.