Soliq bo‘yicha savolingiz, muammongiz bormi?

Agar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Olimjon Fayziboyev savolingizga javob beradi, muammongizga yechim izlaydi. Ya’ni, O.Fayziboyev 2019 yil 6 may kuni soat 10:00 da Jomboy tumanidagi 10-sonli musiqa va san’at maktabi binosida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazadi.

Murojaatlarga tezkor yechim topish maqsadida sayyor qabulda Samarqand viloyatining tegishli boshqarmalar boshliqlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirok etadi.

Tadbir davomida aholi muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘riladi.