Soliq islohotlari farovonlik asosi
Mazkur qonun bilan 3 ta qonun va soliq kodeksining 47 moddasiga o‘zgartishlar kiritildi.
– Unga ko‘ra, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i birlashtirilib, soliq stavkasi 15,5 o‘rniga 14 foiz qilib belgilandi, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Z.Norqo‘ziyev. – Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar saqlab qolindi hamda tayyorlov tashkilotlari faoliyati ulgurji savdoga tenglashtirildi va soliq stavkalari tovar aylanmasidan 2017 yildagi 33 foiz o‘rniga 4 foiz miqdorida belgilandi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i mulkning kadastr qiymatidan kelib chiqib hisoblanib, soliqning asosiy stavkasi 1,7 dan 0,2 foizgacha pasaytirildi. Soliqni hisoblashda kadastr qiymati 42 million so‘mdan kam bo‘lmasligi belgilandi. Agar mol-mulkning kadastr qiymati mavjud bo‘lmasa, soliq shartli qiymatda Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida 210 million so‘m, boshqa shaharlar hamda qishloq joylarda 90 million so‘m miqdorida hisoblanadigan bo‘ldi.
Seminarda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan eng namunali soliq to‘lovchilar viloyat soliq boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Tadbirda viloyat moliya, prokuratura, bojxona, iqtisodiy sud, markaziy bank, savdo-sanoat palatasi va soliq boshqarmasi mutaxassislari tadbirkorlarni qiynayotgan savollarga javob berdilar.