Soliq qonunchiligidagi islohotlarni avvalo rahbarlar bilishi kerak

Viloyat davlat soliq boshqarmasida viloyat iqtisodiy kompleksi tarkibidagi rahbar va mas’ul xodimlar uchun seminar tashkil etildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i J.Abdiyev, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ahmedov sohadagi yangiliklar yuzasidan ma’lumot berdi. Xususan, rahbar va mas’ul xodimlar soliqqa oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, soliq qonunchiligidagi islohotlarni chuqur bilishlari lozimligi so‘z bordi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Seminar soliq ma’muriyatchiligi, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov ishtirok etdi.