Soliqning 10 foizi soliqchiga mukofot qilib beriladi

Albatta, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda soha xodimlarining mehnatiga munosib baho berish, ularni moddiy rag‘batlantirish muhim o‘rin tutadi. Shu jihatlar inobatga olingan holda, davlat soliq xizmati organlari xodimlari kameral nazorat natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, bir oy mobaynida xronometraj va pasportlashtirish natijasi bo‘yicha aniqlangan, soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq, soliq tekshiruvlari natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlarning 10 foizigacha miqdorda mukofotlanadi.

Joriy yilning 1 avgustidan mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash faoliyatini moddiy rag‘batlantirishni oshirish va sohada korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish maqsadida Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llanilishi belgilandi.

Keldiyor TENGLAShEV,

Bulung‘ur tuman davlat soliq

inspeksiyasi boshlig‘i.