So‘nggi 5 yarim oyda aholining 16 foizi koronavirusga qarshi emlandi
Yurtimizda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari boshlanganiga 5 yarim oydan oshib qoldi. Xo‘sh, shu paytga qadar mamlakat aholisining qancha qismi infeksiyaga qarshi to‘liq emlandi?
SSV matbuot xizmati bu boradagi savollarga quyidagi ma’lumotlar orqali javob berdi:
Mamlakatimiz aholisining 21 million nafardan ortiq qismi emlash tadbirlariga qamrab olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yil 15 sentyabr holatiga ko‘ra, jami emlanuvchilarga nisbatan 1-dozani olganlar 47,6 foizni tashkil qilgan.
Shunday qilib, yurtimizda kamida 1 doza vaksina olganlar 10 million 200 ming nafardan oshgan (15 sentyabr holatiga ko‘ra).
Virusga qarshi to‘liq bosqichlarda vaksina olganlar jami emlanadigan aholining 16 foizini tashkil qilib, ularning soni 3,4 million nafardan oshgan.