So‘nggi bir kunda dunyoda ro‘y bergan asosiy voqealar

Gollandiya hukumati Rossiyadan suyultirilgan gaz importini butunlay to‘xtatmoqchi.

Shveysariya esa Rossiyaning yangi aktivlarini muzlatish to‘g‘risidagi G‘arbning talablarini rad etdi.

Kanada Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi.

Belarus Ukrainada sulh e’lon qilib, muzokaralarni boshlashga chaqirmoqda.

Putin esa muzokaralar o‘tkazish kayfiyatida emas. U hali ham Ukrainani tor-mor eta olishiga ishonadi.

Xitoy markaziy televideniyesiga ko‘ra, Si Szinpin mamlakat armiyasi askarlariga haqiqiy jangovar harakatlarga tayyorgarlikni kuchaytirishni buyurgan.

Isroil jangovar samolyotlari Bayrut (Livan) ustida uchib yuribdi, ular tez orada Suriyaga zarba berishi mumkin.

Suriya Tashqi ishlar vaziri 2011 yildan buyon ilk bor Saudiya Arabistoniga bordi.

Umuman, musulmon davlatlarining o‘zaro munosabatlari iliqlashmoqda.

Qatar va Bahrayn diplomatik munosabatlar qayta tiklanganini e’lon qildi. Ma’lumot uchun, 2017 yilda Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzgan.

Eron Saudiya Arabistonida elchixona ochdi.