So‘rovnoma yakunlari: Samarqanddagi qaysi tuman (shahar)da 2021 yilda eng ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi?

Mazkur savol bilan o‘tkazilgan so‘rovnomamizning dastlabki qismida Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on shahri, Jomboy, Urgut, Toyloq, Past Darg‘om, Samarqand, Ishtixon tumanlari o‘rin olgan. Mazkur hududlar uchun 33 mingdan ziyod ishtirokchi ovoz berdi.

Shundan 12 659 kishi (38 foiz) bu yilgi eng ko‘p o‘zgarish Past Darg‘om tumanida bo‘ldi, degan fikrda.

20 foiz ishtirokchilar Urgut tumanini tanlagan bo‘lsa, 13 foiz qatnashchilar Samarqand shahridagi o‘zgarishlarni e’tirof etgan. Quyidagi jadvalda to‘liq so‘rovnoma yakunlari bilan tanishasiz:

So‘rovnomaning ikkinchi qismi Qo‘shrabot, Nurobod, Payariq, Bulung‘ur, Oqdaryo, Narpay, Paxtachi, Kattaqo‘rg‘on tumanlari o‘rtasida o‘tkazildi.

Mazkur tumanlar o‘rtasida aholi eng ko‘p o‘zgarish bo‘lgan hudud deb mos ravishda:
Nurobod (33 foiz)
Narpay (19 foiz)
Kattaqo‘rg‘on (15 foiz)
Paxtachi (14 foiz) tumanlarini tanladi.