«Sovg‘alar karvoni» xayriya aksiyasi boshlandi
- 23.12.2019 15:31
- 229
- O‘zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida, Yangi yil bayrami arafasida «Sovg‘alar karvoni» xayriya aksiyasi boshlandi.
12 ta mashinadan iborat karvon yurtimizning barcha 12 ta hududidagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatlariga sovg‘alarni yetkazadi.
«Endi har bir internat zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari va Brayl alifbosida chop etilgan ko‘plab bosma hamda audio kitoblarga ega bo‘ladi.
Umid qilamizki, Agentlikning ushbu aksiyasi sizning qalbingizga iliqlik olib kiradi, sizga Yangi yilning bayramona kayfiyatini tuhfa etadi va salomatligingizni mustahkamlashga, ko‘zlagan maqsadlaringizni amalga oshirish va hayotiy g‘alabalarga erishishingizga yordam beradi», — dedi Agentlik direktori o‘rinbosari, loyiha rahbari Saida Mirziyoyeva.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kredit olish oson, uni qaytarish esa...
- Kecha, 19:03
- Qishloq xo'jaligi
Yaponiyaning Nara shahri hokimi - Samarqandda
- Kecha, 17:50
- Samarqand
Elektr ta’minotidagi muammolar qachon kamayadi?
- Kecha, 17:46
- Samarqand