Sovun qachon tillaga teng bo‘lganini bilasizmi?

Arxeologlarni ta’kidlashicha, sovun 6 ming yil avval paydo bo‘lgan. Uni tabiiy ishqor tuzi, o‘simlik va hayvon chorvasidan tayyorlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Qadimgi davrda sovun pishirish uchun echki, qo‘y va mol chorvasidan foydalanilgan, aralashmaga o‘tin kuli aralashirilgan. Rimliklarning istilochilik yurishlari davrida ular hozirgi Fransiya, Belgiya, Shveysariya va Shimoliy Italiyada yashovchi gallar qabilasi bilan to‘qnash kelgan. Istilochilar nimaiki foydali narsa bo‘lsa, jumladan, sovun tayyorlash usullarini ham o‘zlashtirib ketishgan.
***
Gomer davrida hali sovun ma’lum bo‘lmagan. Qadimgi greklar Nil qirg‘oqlaridan keltirilgan mayda qum bilan badanini tozalashgan. Keyinchalik uzoq vaqt yuvinish, kir yuvish uchun kul ishlatilgan.
***
O‘rta asrlarda sovun tilla bilan baholangan va ko‘pchilik odamlar uchun ilojsiz bo‘lgan.
***
XVIII asr oxirlarigacha sovun qo‘lbola usulda tayyorlangan va 1800 yildan keyingina Rossiyada birinchi sovun zavodlari paydo bo‘lgan.

T.Shomurodov tayyorladi.