Sovuq kunlarda o‘quvchi-qizlarga shim kiyishga ruxsat beriladi

Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, qishki o‘qish davrida o‘quvchi-qizlarga yagona maktab formasiga mos klassik ko‘rinishdagi shim kiyishga ruxsat beriladi. Bu haqda XTV axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimizda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida maktablardagi ba’zi ota-onalar qiz farzandlarini ta’lim muassasasiga shim kiyib kelishiga ruxsat berish bo‘yicha murojaat bilan chiqqan.

"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 8-bandiga muvofiq ob-havo sharoitidan kelib chiqib, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos klassik ko‘rinishdagi shim kiyishga ruxsat berilganligini yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz", deyiladi xabarda.