Soya asosiy ekin bo‘ladi

– Buning uchun soyaning tuproq, iqlim sharoitidan kelib chiqib, tezpishar va serhosil navlari tanlab olinib, Bulung‘ur, Jomboy, Oqdaryo, Payariq va Toyloq tumanlaridagi 250 dan ortiq fermer xo‘jaliklari yerlarida ekiladi, – deydi viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bo‘lim bosh mutaxassisi Odil Arziqulov. – Fermer xo‘jaliklari zarur miqdorda urug‘lik, yoqilg‘i va ekish uchun 18 ta pnevmatik seyalkalar bilan ta’minlandi. Ularga yetishtirilgan hosilni sotishda qiyinchilik bo‘lmasligi uchun "Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy" aksiyadorlik jamiyati bilan soya xomashyosi xaridi borasida shartnomalar imzolandi. Ertagi soya parvarishi va kerakli agrotexnik tadbirlar bo‘yicha joylarda fermerlarimizga muhim tavsiyalar berilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bu yilgi soya hosili yig‘ishtirilgunga qadar Oqdaryo tumanida "Samarqand Oil ekstraksiya" mas’uliyati cheklangan jamiyatida soya yog‘i ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi ishga tushiriladi. Joriy yilning birinchi choragida faoliyatini boshlaydigan korxonada 10 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. 

O‘ktam XUDOYBERDIYeV.