“Spark” avtomobili yana samarqandlik qizga nasib etdi

Tanlovda 14 nafar yigit-qizlar “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”,  “Jahon adabiyoti bilimdoni”, "Buyuk mutafakkir va adib" hamda "She’riyat" shartlari bo‘yicha kuch sinashdi.

Hakamlar hay’ati va malakali mutaxassislar tomonidan baholab borilgan tanlov natijalariga ko‘ra, Paxtachi tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi  Mahliyo O‘roqova g‘olib deb topildi va prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobilini qo‘lga kiritdi.